Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Afgʻoniston delegatsiyasi bilan uchrashdi
Ayni kunlarda Afgʻoniston Sanoat va savdo vaziri Nuriddin Aziziy boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizda boʻlib turibdi. Delegatsiya tarkibida 300 nafarga yaqin afgʻonistonlik tadbirkorlar va ishbilarmonlar oʻrin olgan.