Shundan so'ng Toshkent viloyati IIBB YHXB hodimlari tomonidan to'sib ushlash tadbiri amalga oshirildi. Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida bu avtomobil Bo'stonliq tumani Hondoyliq qishlog'i “Ko'kto'nli” MFY hududida, namunali uylar yaqinida, qarovsiz holda Toshkent viloyati IIBB YHXB qidiruv va surishtiruv bo'limi boshlig'i mayor X.Nasriddinov tomonidan topildi.
Qidiruv-surishtiruv ishlari davom ettirilib, olingan ashyoviy dalillar orqali mazkur transport vositasi Hondoyliq qishlog'ida yashovchi, 2003 yilda tug'ilgan fuqaro O'.S. tomonidan olib qochilgani aniqlandi va gumonlanuvchi o'z yashash uyida ushlandi.
Holat yuzasidan Bo'stonliq tumani IIB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismiga ko'ra jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.