Tadbir davomida tumanning "Qo‘shqo‘rg‘on" MFY hududida fuqaro F.S. ov qilish qoidalarini buzgan holatda sayroqi qushlarni ovlayotgani aniqlandi.  

Holat yuzasidan “Ov qilish va ovchilik ho‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasi talablarini buzganligi uchun huquqbuzarga nisbatan MJtKning 90-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.  

F.S. bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari — 3 million 300 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Ekologiya vazirligi barchani qushlar va hayvonlarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga, ularni asrab-avaylashga chaqirmoqda.