Nashrning yozishicha, ushbu bayramda O'zbekistonning barcha hududlari va boshqa mamlakatlardan o'nlab fol`klor jamoalari va minglab tomoshabinlar yig'ildi.
Joriy yilda festival` xalqaro maqomga ega bo'ldi. Unga Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, eron, Fransiya, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlardan fol`klor jamoalari o'z badiiy mahoratini namoyish etish uchun tashrif buyurdi. Festivalda dunyoning 30 davlatidan 150 nafarga yaqin ijrochi o'z milliy liboslari, qo'shiq va fol`klor an'analarini namoyish etdi.
O'ziga xos qadriyat va boy nomoddiy madaniy merosga ega bo'lgan Boysun tumanida nufuzli festivalning o'tkazilishi chuqur ma'noga ega. 2001 yilda Boysun madaniy merosining YUNESKO tomonidan “Insoniyat og'zaki va nomoddiy merosi durdonasi” sifatida ro'yxatga olingani buning yaqqol tasdig'idir.
Betakror qadriyat va an'analarni o'zida mujassam etgan festival doirasida tashkil etilgan kurash, etnosport, velomarafon, uloq-ko'pkari, varraklar bellashuvi, chillak va boshqa xalq o'yinlari bo'yicha musobaqalar barcha mehmonlarga zavq ulashdi.
Festival` yakunida eng yaxshi fol`klor-etnografik jamoalar, sport va xalq o'yinlari g'oliblari munosib taqdirlandi, deb yozgan misrlik jurnalist Muhammad Vadi.