2022-yil 18-may kuni oʻtkazilgan kuzatuv natijalariga koʻra, oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari quyidagi koʻrinishga ega boʻldi:
Suyakli mol goʻshti 45000 soʻmdan 73000 soʻmgacha (kg) Kuzatuv natijasiga koʻra, 1 kg suyakli mol goʻshtining minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”dagi arzonlashtirilgan goʻsht rastalarida qayd etilgan (45000 soʻm). Suyakli mol goʻshtining maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da kuzatildi (xususiy tadbirkorlar rastalarida 73000 soʻm). Shu bilan birga, mazkur bozorda tashkil etilgan arzonlashtirilgan rastalarda mol goʻshti minimal 55000 soʻmga sotilmoqda.
Qoʻy goʻshti 55000 soʻmdan 86000 soʻmgacha (kg). Qoʻy goʻshtining minimal narxi (55000 soʻm) kuzatuv natijasiga koʻra, Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Buxoro shahrining “Buxoro markaziy dehqon bozori”, Navoiy shahrining “Saxovat” bozori va Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”dagi arzonlashtirilgan rastalarda roʻyxatga olingan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (xususiy tadbirkorlar rastalarida 86000 soʻm) kuzatildi. Shuningdek, ushbu bozorda qoʻy goʻshtini minimal 60000 soʻmga ham xarid qilish mumkin.
Kartoshka 2500 soʻmdan 8000 soʻmgacha (kg). Kuzatuv natijalariga koʻra, Termiz shahrining “Yashil dunyo markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”da tashkil etilgan arzonlashtirilgan savdo rastalarida sotilayotgan kartoshkaning narxi minimal narx sifatida (2500 soʻm) qayd etilgan. Shu bilan birga, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da sotuvdagi saralangan kartoshkaning narxi maksimal narx sifatida (8000 soʻm) qayd etildi. Ushbu bozordagi arzonlashtirilgan rastalarda sotilayotgan kartoshkani minimal 3500 soʻmdan xarid qilish mumkin.
Piyoz 2000 soʻmdan 5000 soʻmgacha (kg). Piyoz mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga koʻra, Navoiy shahrining “Saxovat” bozorida, Termiz shahrining “Yashil dunyo markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”da va Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da (2000 soʻm) roʻyxatga olindi. Maksimal narx sifatida esa Chirchiq shahrining “Chirchiq dehqon bozori”, Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Qoʻyliq dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da sotuvda boʻlgan saralangan piyozning narxi kuzatildi (5000soʻm). Shuningdek, mazkur bozorlarda piyozni minimal 2000 –3300 soʻmga ham harid qilish mumkin.
Sabzi 2000 soʻmdan 7000 soʻmgacha (kg). Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga koʻra, Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori” va Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori”da (2000 soʻm) qayd etilgan. Shuningdek, mazkur bozorlarda sabzini maksimal 3000-3500 soʻmga ham xarid qilish mumkin. Sabzi mahsulotining maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da 7000 soʻm darajasida qayd etilgan. Ushbu bozorda sabzining minimal narxi 3000soʻmni tashkil etdi.
Tuxum 6000 soʻmdan 15000 soʻmgacha (10 dona). Kuzatuv natijasiga koʻra, Namangan shahrining “Namangan chorsu dehqon universal bozori”da arzonlashtirilgan tuxum rastalaridagi mayda tuxumning narxi minimal narx sifatida qayd etildi (6000 soʻm). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da qayd etilgan (yirik saralangan tuxum 15000 soʻm). Shuningdek, mazkur bozorda 10 dona mayda tuxumning minimal narxi 7000 soʻmni tashkil etgan.
Guruch 4500 soʻmdan 21000 soʻmgacha (kg). Kuzatuv natijalariga koʻra, guruchning minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori” va Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”da (“Nukus-2”va boshqa mahalliy navli guruchlar 4500 soʻm) qayd etilgan. Maksimal narx esa Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da 21000 soʻmdan kuzatildi (“Lazer” navli guruch). Shu bilan birga, ushbu bozorda guruchning minimal narxi 6500 soʻmni tashkil etgan.
Oʻsimlik yogʻi15000 soʻmdan 28000 soʻmgacha (litr). Oʻsimlik yogʻining kuzatuv natijasiga koʻra, minimal narxi Navoiy shahrining “Saxovat bozori”, Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”da (mahalliy paxta yogʻi 15000 soʻm) kuzatildi. Shuningdek, mazkur bozorlardagi xususiy tadbirkorlar rastalarida paxta yogʻini 17500–20000 soʻmga ham xarid qilish mumkin. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (kungaboqar yogʻi 28000 soʻm) kuzatildi. Shuningdek, mazkur bozorda kungaboqar yogʻini minimal 18000 soʻmga ham xarid qilish mumkin.