Taʼkidlanishicha, oʼrganishlar davomida mazkur holat “Toshkent suv taʼminot” MCHJning  Yangiyoʼl shahar boʼlimi tasarrufidagi oqova suv tozalash inshooti hududida yuzaga kelganligi maʼlum boʼldi. Oqova suvlarni tozalash inshootiga toʼqimachilik hamda qogʼozni qayta ishlash bilan shugʼullanuvchi korxonalarning faoliyati davomida hosil boʼlgan oqova suvlar tashlanishi natijasida suv havzalariga rangli tashlamalar chiqarilgani kuzatilgan.

Oqova suv tarkibini aniqlash maqsadida suv tozalash inshootidan chiqayotgan hamda kanal suvidan olingan namunalar maxsus laboratoriyada tahlil qilindi. Tahlil natijalariga koʼra, suv tozalash inshootidan chiqayotgan oqova suv tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalar belgilangan meʼyorlarga nisbatan bir necha barobarga yuqoriligi aniqlandi.

"Holat yuzasidan oʼrganish ishlari davom ettirilmoqda va natijalari boʼyicha qoʼshimcha maʼlumotlar taqdim etiladi", deyiladi xabarda.