Bu haqda 18-dekabr, payshanba kuni dpa axborot agentligi xabar berdi.
Bryusselning Yevropa kvartalida (Yevrokomissiya va Yevroparlament binolari joylashgan hudud) namoyishchilar to'siqlarni buzib o'tishga urinishgan, olov va pirotexnika vositalarini yoqishgan, ko'zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatishgan va politsiyaga kartoshka otishgan. Dpa ma'lumotlariga ko'ra, shahar politsiyasi namoyishchilarga qarshi suv purkagichlardan foydalangan. Tartibsizliklar fonida Yevroparlament xodimlari xavfsizlik nuqtai nazaridan boshqa binolarga ko'chirildi. Dpa ma'lumotlariga ko'ra, ularni derazadan uzoqroq turish ham talab qilingan, deb xabar berdi dw.com.