Bugun va ertaga Toshkent shahrida hashar boʻlib oʻtadi

    Toshkent shahrida 12-13-aprel kunlari keng koʻlamli hashar oʻtkaziladi.

    Poytaxt hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, hashar doirasida koʻp qavatli uylar atrofi va jamoat hududlarini tozalash, obodonlashtirish va yashil maydonlarni koʻpaytirish boʻyicha tadbirlar amalga oshiriladi.

    Taʼkidlanishicha, poytaxtning barcha tumanlarida tartib oʻrnatilib, daraxtlar ekiladi, hovlilar bezatiladi.

    “Bu — sevimli shahrimiz obodligi va pokligiga qoʻshgan umumiy hissamizdir. Hurmatli toshkentliklar! Hasharda faol ishtirok etishga chaqiramiz. Tozalikni saqlash — bu katta shahar anʼanasi, oʻzimizga, qoʻshnilarimizga va aziz Toshkentimizga boʻlgan hurmat ifodasidir”, — deyiladi xabarda.