Hashar elga yarashar

    Shahrisabz davlat pedagogika institutida erta tongdan “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida umumxalq xayriya hashari koʻtarinki kayfiyatda boshlandi.

    Bugun yurtimiz boʻylab Mustaqillik bayrami arafasida anʼanaviy umumxalq xayriya hashari “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida oʻtkazilmoqda.

    Umumxalq xayriya hashar doirasida institut hududida reja asosida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.

    Ushbu umumxalq xayriya hasharda institut jamoasi, professor-oʻqituvchilari faol ishtirok etmoqda. Hududdagi barcha mevali daraxtlar oqlanmoqda, daraxtlarga shakl berilib, hudud atrofi begona oʻtlardan tozalanmoqda.