Toshkent shahrida o‘tkaziladigan ekologik reydga start berildi

    Bugun erta tongdan Davlat ekologiya qo‘mitasi tashabbusi bilan Toshkent shahrida o‘tkaziladigan ekologik reydga start berildi.

    Ekologiya, Milliy gvardiya, ichki ishlar xodimlaridan iborat Ekopatrul tuzildi. 9-avgust – bugundan boshlab Ekopatrul inspektorlari Toshkent shahrida ekologik reyd o‘tkazishni boshladi. Bu haqda Ekologiya qo‘mitasi xabar berdi.

    Bugun erta tongdan patrul inspektorlarga hududlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar atroflicha tushuntirildi.

    Ekologik reydlar jarayonida “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun talablarining bajarilishini taʼminlash, shuningdek aholining ekologik madaniyatini yanada yuksaltirish borasida targ‘ibot va tashviqot ishlarining ham olib borilishi yuzasidan zaruriy tavsiyalar berildi.

    Kun davomida qilinadigan ishlar rejalashtirilib, ekologik nazorat reyd tadbirlarini samarali bir tarzda o‘tkazish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

    "Ayni paytda poytaxtimizda hamkorlikda nazorat reyd tadbirlari amalga oshirilmoqda. Jarayonlardan xabar berib boramiz", deyiladi xabarda.