“Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot!” shiori ostida Guliston shahridagi “Yoshlar markazi”da o‘tayotgan uchrashuvda Alisher Qodirov saylovchilarni dasturi bilan tanishtirar ekan, so‘nggi yillardagi islohotlarning qay darajada samarali bo‘lgayotganini yana-da obod bo‘layotgan Sirdaryoda, Gulistonda ko‘rayotganini taʼkidladi.
– Sirdaryoliklarning matonati, sadoqati, yurtga muhabbati Mirzacho‘lning obod bo‘lishida ham yaqqol ko‘rinadi. To‘g‘ri, kamchiliklar, qilinadigan ishlar hali ko‘p. Bugungi muammolar kecha yo‘l qo‘yilgan xatolar mevasi, – dedi “Milliy tiklanish” nomzodi.