Prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov: "Universitetlar tarbiya maskaniga aylanib qolgan"

    Saylov 12 Oktabr 2021 1795

    –Oliy o‘quv yurtlari g‘oyalar drayveri bo‘lishi kerak, – dedi O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov farg‘onalik saylovchilar bilan uchrashuvda. – Afsuski, bizning universitetlar tarbiya maskani bo‘lib qolgan.

    Bu yerda ilm qiladigan, izlanuvchan yoshlarimiz juda ko‘p. Oliy o‘quv muassasalari samarali va malakali mutaxassislarni tayyorlashi kerak. Bizda maktabni bitirgandan so‘ng hamma yoppasiga o‘zini oliy ta’limga uradi. Diplom go‘yo uni baxtli qiladigan, u bir parcha qog‘oz bo‘lsa.

    Oliy ta’lim davlat tasarrufidan chiqariladi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tugatilib, Prezident huzurida Rektorlar kengashi tuziladi. Oliygohlar o‘z-o‘zini boshqarish tizimiga o‘tkazilib, OTMning raqobatbardosh faoliyat yuritishi uchun huquqiy asoslar yaratiladi.