OʻzMTDPning navbatdan tashqari VIII Syezdida Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomzodi qoʻllab-quvvatlandi

    Saylov 31 May 2023 2015

    31-may kuni “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining navbatdan tashqari VIII Syezdi boʻlib oʻtdi.

    Unda Syezd delegatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga milliy yuksalishni amalda taʼminlayotgan, millat va Vatanga sadoqati hamda xalqparvarligini isbot qilgan davlat rahbari – Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomzodini “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi bilan birgalikda qoʻllab-quvvatlashi boʻyicha yakdil fikrga keldilar.

    Syezdda saylovoldi kampaniyasi davrida nomzodni qoʻllab-quvvatlash borasida bir qator vazifalar belgilab olindi.