Romitan tumani O'zbekiston mahallasida yashovchi 1993-yilda tug'ilgan R.N. 2019-yilning 18-noyabr kunidan Buxoro viloyati OITSga qarshi kurashish markazi tomonidan ro'yxatga olingan.
Ayol ogohlantirishlarga qaramasdan, 2023-yilning may oyida Shofirkon tumani G'ulomte mahallasida yashovchi 1997-yilda tug'ilgan S.H., Talisafed mahallasida yashovchi 1988-yilda tug'ilgan B.O. va 1992-yilda tug'ilgan I.I.lar bilan Buxoro shahrining turli manzillarida himoya vositasiz jinsiy aloqada bo'lgan. Va erkaklarni OIV infeksiyasini yuqtirish xavf ostida qoldirgan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan Jinoyat kodeksining 113-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, hozirgi kunda ushbu yengil tabiatli ayoldan jabrlanish bilan bog'liq boshqa holatlarni aniqlashga qaratilgan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.