Holat yuzasidan Denov tuman Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borildi.
Maʼlum boʻlishicha, Denov tumanida yashovchi M.A.ismli ayol farzandi X.S. ismli qizini “2023-yil 22-aprel kuni soat 13-00larda koʻchaga oʻrtoqlari bilan oʻynash maqsadida chiqadi.
Oradan biroz vaqt oʻtganidan keyin onasi uni chaqirganini eshitib, onasidan koʻrqqanidan yashirinadi.
Onasi qizini taxminan 40 minutlar koʻchadan qidiradi va qizi topilganidan keyin uni uyiga olib kirib, tayoqcha bilan uni urib kaltaklagan.
Hozirgi vaqtda X.S. ismli qiz Denov tuman markaziy kasalxonasida davolanib kelmoqda.
Ushbu holat yuzasidan, Denov tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan, deya xabar beradi Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati.