Sinovda har kuni sigaret chekadigan va bu odatdan xalos bo'lmoqchi bo'lgan 810 nafar odamlarda istiqbolli birikmaning ta'siri ko'rib chiqildi. Sitiziniklin bilan davolash davomiyligining ikkita modeli (6 va 12 hafta) platsebo bilan solishtirildi. Barcha guruhlar 24 hafta davomida kuzatildi.
Natijalar shuni ko'rsatdiki, 12 haftalik davolanish guruhidagi sitiziniklinni qabul qilgan ishtirokchilarning taxminan 32 foizi chekishdan voz kechgan. Platsebo qabul qilganlarda esa bu ko'rsatkich 7 foizni tashkil qildi. Ishtirokchilarning organizmi sitiziniklinni yaxshi o'zlashtirilgan va jiddiy nojo'ya ta'sirlar qayd etilmagan.
Sitiziniklin, shuningdek, sitizin sifatida ham yuritiladigan, Chamaecýtisus ruthénicus o'simligining urug'larida topilgan o'simlik alkaloididir. U Nikotinga qaramlik uchun mas'ul bo'lgan miyadagi nikotin retseptorlari bilan bog'lanadi. Uni qabul qilgandan so'ng, chekish istagi yo'qoladi va nikotinni iste'mol qilmagandan keyin simptomlarning ta'siri pasayadi, deb xabar beradi lenta.ru.