Musobaqaning soʻnggi kunida Oʻzbekiston delegatsiyasi yana bir bronza medaliga sazovor boʻldi.

Ushbu medalni sablyachi qizlarimiz jamoaviy dasturda qoʻlga kiritishdi. Yarim finalda AQSH termasiga 44:45 hisobida magʻlub boʻlgan yurtdoshlarimiz bronza medali uchun kechgan bahsda italiyalik raqibalarini 45:42 hisobida magʻlubiyatga uchratishdi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston delegatsiyasi ushbu Universiadani 8 ta kumush va 6 ta bronza medallari bilan yakunladi