Tadbirda “Bobur” MFY hududida valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritish faoliyati bilan shugʻullanib kelayotgan fuqaro Sh.A. jami 4 000 AQSH dollarini fuqaro U.ga 44 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Jarqoʻrgʻon tuman boʻlimi va IIB tomonidan oʻtkazilgan yana bir tezkor tadbirda, valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritish faoliyati bilan shugʻullanib kelayotgan fuqaro M.B. jami 3 200 AQSH dollarini fuqaro A.ga 35 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.