Mazkur taʼlim yoʻnalishlariga kirish uchun chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar B1 darajasi formati va baholash mezonlari asosida oʻtkaziladi.
Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan abituriyentlarga OTMlarga kirish test sinovlarida chet tili fanidan belgilangan maksimal ballga nisbatan foiz hisobida tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.
Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan yoʻnalishlarni tanlagan abituriyentlarga faqat yuqorida keltirilgan 6 ta OTMning tegishli taʼlim yoʻnalishlari doirasida beshtagacha taʼlim yoʻnalishlarini tanlash imkoniyati beriladi.
Bunda, chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituriyentlarga chet tili fanidan test sinovlari topshiriladigan taʼlim yoʻnalishlarni tanlashga yoʻl qoʻyilmaydi.