Unda boʻlib oʻtgan tashrif davomida Chexiyaning qator kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtgani qayd etilar ekan, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" aksiyadorlik jamiyati bilan "Skoda Group" kompaniyasi oʻrtasida Oʻzbekistonga 30 ta koʻp oʻrindiqli elektr poyezdi yetkazib berish boʻyicha umumiy qiymati 320 million yevro miqdoriga teng shartnoma imzolangani maʼlum qilingan.
"Mazkur shartnoma Chexiya kompaniyalariga Oʻzbekiston tomonidan berilgan eng katta buyurtma boʻlib, u Chexiya va Yevropa Ittifoqi kompaniyalarining Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo bozorida ahamiyati katta ekanligidan dalolatdir", deb yozadi nashr.
Jurnalning xabar berishicha, "Skoda Group" konsernining Plzene shahrida joylashgan shtab-kvartirasida boʻlib oʻtgan shartnoma imzolash marosimida Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov, Oʻzbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov hamda Chexiya Respublikasi transport vaziri Martin Kupka ishtirok etishdi.
Endilikda "Skoda" kompaniyasi "Oʻzbekiston temir yoʻllari"ga Latviya va Estoniya temir yoʻl operatorlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan keng kalibrli elektr poyezdlarini yetkazib beradi. Buyurtmani ishlab chiqarish keyingi yili amalga oshiriladi. Loyiha Chexiya banklari tomonidan EGAP sugʻurta eksport agentligi koʻmagida moliyalashtiriladi.