2023-yil 31-yanvar kuni soat 20:30 larda 3 nafar nomaʼlum shaxs oldindan jinoiy til biriktirgan holda bir guruh boʻlib, oʻzganing mol-mulkini bosqinchilik yoʻli bilan talon-toroj qilishni maqsad qilishadi.

Ular Chirchiq shahar 3-kichik nohiyada joylashgan dehqon bozori yonidagi doʻkonda spirtli ichimlik isteʼmol qilib oʻtirgan 49 yoshli T.A.ning oldiga kelishib, oʻzlarini goʻyoki musofir sifatida tanishtirib, yegulik uchun biror-bir narsa berishini iltimos qilgan.

T.A. ularni oʻzining yashash xonadoniga olib borib, ular bilan birgalikda spirtli ichimlik isteʼmol qilib oʻtirishgan vaqtida 2 ta nomaʼlum shaxslar xonadondagi yogʻochdan boʻlgan javon ustida turgan metall bolgʻa bilan unga hujum qilib, qimmatli narsalari va pullarini berishini talab qiladi.

T.A.ni oʻldirish bilan qoʻrqitib, uni bolgʻa bilan urib, keyin tanasining turli joylariga tepib jarohat yetkazishadi va xonadondan 8.310.000 soʻmlik maishiy texnika va 2.000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olib, hodisa boʻlgan joyidan yashiringan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida mazkur jinoyatni 24 yoshli S.M., A.A. va 22 yoshli X.A.lar sodir qilganliklari aniqlanib, ulardan jabrlanuvchiga tegishli boʻlgan “Samsung” rusumli televizor ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqida IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.