Chustlik oʻquvchi birdaniga 7 ta oliygoh talabasi boʻlish huquqini qoʻlga kiritdi

    Keyingi avlod 26 Fevral 2021 655

    Chust tumanidagi 49-IDUMning 11-sinf bitiruvchisi Doniyor Shukurjonov Namangan viloyatining iqtidorli yoshlaridan biri.

    U birdaniga 7 ta — Saint Xavier University, University of Maine, New England College, Mitchell College, American International College, Millikin University, Webster University oliygohlari talabasi boʻlish imkoniyatini qoʻlga kiritdi.

    Shuningdek, MUN global muammolar toʻgʻrisidagi onlayn konfrensiyasida oʻz taqdimoti bilan ishtirok etib, kontrakt toʻlovi uchun 1000 yevro sohibi boʻldi. Qolaversa, Flex — Language Exchange Programning final bosqichi natijalarini kutmoqda.

    Namangan viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati.