“Biz oʻz aholimiz oldida katta masʼuliyatimiz bor, ammo aniqlangan mutatsiya bilan biz butun dunyo uchun yana-da koʻproq javobgarmiz” - dedi Frederiksen matbuot anjumanida.

Daniya dunyodagi eng katta qorakoʻzan moʻynasi ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Mamalakatda 15-17 million qorakoʻzanlar 1139ta fermada boqiladi.

Oktyabrdan boshlab hukumat qorakoʻzanlarni oʻldirishni boshladi va 67 ta fermadagi hayvonlar allaqachon oʻldirilgan. Bosh vazir 207 ta fermer xoʻjaligidagi qunduzlarga virus yuqqandan soʻng ularni oʻldirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan.

Associated Press da keltirilishicha 15 million qorakoʻzan mamlakatga 785 million dollar miqdorida zarar yetkazishi mumkin ekan.

Virusning yangi turi topilgandan soʻng Ispaniyada 100000, Gollandiyada 10000 qorakoʻzan oʻldirildi.

Olimlar virus qanday qilib qunduzlarga yuqqani va infeksiyani tarqatganligini aniqlash uchun izlanishlar olib bormoqda