Yaqinda Buyuk Britaniyadan qaytib kelgan talabada yangi “britancha” shtamm aniqlandi, deb xabar berdi mamlakat sog'liqni saqlash vazirligi.
Talaba qiz 6-dekabr` kuni Singapurga qaytib kelgan. ertasi kuni uning isitmasi ko'tarildi, 8 dekabr kuni u COVID-19ga topshirgan testi musbat natija ko'rsatganini bildi.
Ta'kidlanishicha, Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi turi tarqalishi munosabati bilan Singapur Milliy sog'liqni saqlash laboratoriyasi yaqinda Evropadan qaytib kelgan, infektsiya aniqlanganlarda COVID-19 genomining ketma-ketligini o'rganmoqda.
17-noyabrdan 17-dekabrgacha bo'lgan davrda Evropa mamlakatlaridan Singapurga qaytib kelgan jami 31 nafar kishida virus aniqlangan.