Davlat ishiga kirish tartibi bo'yicha do'stim bilan suhbat

    Ijtimoiy hayot 1 Dekabr 2023 2009

    Ishga kirishimga ozgina yordam bera olasizmi?

    Telegram tarmogʻi orqali bir tanishim yozyapti:

    — Davlat ishiga kirmoqchi edim. Siz shu sohada ishlayotgan ekansiz. Yordam bera olasizmi?

    Albatta.

    — ARGOS orqali ishga kirilarkanku hozir...

    — Ha, xalqimiz tilida shunday fikr ommalashgan. Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi funksional vazifasi boʻlganligi uchun faqat davlat fuqarolik xizmatiga kirishda inson omilini kamaytirish, turli toʻsiqlarni bartaraf etish uchun Davlat fuqarolik xizmatlari vakant lavozimlari yagona ochiq portali — vacancy.argos.uz platformasini ishlab chiqqan. Hozir 69 ta vazirlik va idoralar hamda 208 ta tuman (shahar) hokimliklari shu platformaga ulangan.

    — Xoʻp, nima qilishim kerakligini ayting. Hamma boʻsh ish oʻrinlarini shu portaldan koʻrsa boʻladimi?

    — Ha, qaysi tashkilotda boʻsh ish oʻrni borligini bemalol bilib borishingiz mumkin. www.vacancy.argos.uz portali, qolaversa, https://t.me/vacancy_argos telegram kanaliga ish beruvchi tashkilotlarning “kadrovik”lari boʻsh ish oʻrinlarini joylashtirib boradi. Mutaxassisligingizga toʻgʻri keladigan, ishga kirmoqchi boʻlgan oʻzingizga mos tashkilotni topsangiz, elektron ariza qoldirasiz. Hozir bu jarayon ham juda oson boʻlgan. id.egov.uz orqali pasport maʼlumotlaringizni kiritsangiz, bitta tugma orqali ariza topshirasiz. Ariza yuborish boʻyicha mana bu — https://vacancy.argos.uz/ yoʻriqnoma sizga yordam beradi. Ushbu havolada ham www.vacancy.argos.uz/faqs siz uchun kerakli qoʻshimcha maʼlumotlar ham bor.

    — Boshqa yoʻl yoʻqmi, tanlovsiz kirib boʻlmaydimi, hozirgi bilimim bilan testdan oʻta olarmikanman...

    — Tayinlanadigan va xalq vakillari, yaʼni deputatlar tomonidan tasdiqlanadigan, ularga hisobot beradigan lavozimlardan tashqari hamma tanlov orqali ishga kiradi. Birgina shu yilning oʻzida 7 471 nafar malakali nomzod davlat fuqarolik xizmatiga ishga qabul qilingan. Tanlov gʻoliblarining 2 664 nafari 30 yoshgacha boʻlganlar,

    2 627 nafari ayollar, 1 211 nafari davlat xizmatiga birinchi marotaba qabul qilinganlarni tashkil etgan.

    — Testlar qanaqa...

    — Hozir man sizga 1-dekabrdan amal qiladigan test sinovi haqida yozaman. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan hamkorlikda tajribali ekspertlarni jalb qilgan holda ochiq tanlovlar jarayonida nomzodlarning bilimini sinovdan oʻtkazish boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari uchun moʻljallangan yagona “Davlat fuqarolik xizmatchisi” test savollari toʻplami ishlab chiqqan hozir. Test savollari toʻplami milliy qonunchilik, davlat tili, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, mantiq, yaʼni IQ. Hozir Agentlikning Buxorodagi filialiga borsangiz, namunaviy testni ishlab koʻrishingiz mumkin. Nomzodlar uchun shunaqa imkoniyat yaratilgan. Test savollaridan namunalar https://vacancy.argos.uz/quest... manzilida, qolaversa, https://t.me/testargosuz ; berib borilyapti.

    — Oʻta olarmikanman...

    — Testlar qiyin emas. Davlat xizmatchisi bilishi kerak boʻlgan minimum bilim inobatga olgan. Test bosqichi markazlashgan holda Agentlik filiallaridagi maxsus jihozlangan xonalarda boʻladi va jamoatchilikda jarayonni onlayn kuzatish imkoni bor. Yana bir yaxshi xabarni sizga aytaman. Tanlovlarning test sinovi bosqichiga yagona oʻtish balli belgilandi. Agar siz 56 ball toʻplangan taqdiringizda 3 oy mobaynida tanlovlarning test sinovi bosqichida ishtirok etmaysiz. Suhbat bosqichi esa sizga qiyinchilik tugʻdirmaydi. Mutaxassisligingiz boʻyicha bilimingiz yaxshi. Sohangiz boʻyicha Tanlov komissiyasi siz bilan suhbatlashadi. Savolingizni esa kompyuterni oʻzi tanlab beradi. Bu tizim nomzodlarga tenglik yaratish uchun oʻylangan.

    Tushundim. Nega shu maʼlumotlarni hamma bilmaydi.

    — Tashkilot rasmiy kanallari — https://t.me/argos_uz, https://t.me/vacancy_argos&nbs...; kuzatib borilsa, boʻldi. Hamma yangiliklar berib boriladi.

    — Ishga kirishimga ozgina yordam bera olasizmi?

    — Doʻstim, sizga shuncha vaqt ajratib, berishim mumkin boʻlgan yordamni berdim. Ish qidirib yurmaysiz, tanish-bilish shart emas, hujjatingizni ham koʻtarib yurmaysiz. Niyatingiz jiddiy boʻlsa, ozgina tayyorlaning, albatta ishga kirasiz.

    Gulchexra Ashurova,

    jurnalist