Respublika qurilish sohasida nazorat qilish inspeksiyasining tegishli masʼullari holatni oʻrganib chiqdi, deya xabar beradi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi.
Ushbu holat haqiqatdan ham Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi rahbari bilan bogʻliq ekanligi maʼlum boʻldi.
Bildirilishicha, videodagi holat 2023-yil 15-sentabr kuni tasvirga olingan. Oʻsha kuni Inspeksiya boshligʻi B.Toshev tugʻilgan kuni sabab oʻz kursdoshlariga ushbu videoni yuborgan.
Inspeksiyaning tegishli masʼullari B.Toshevga bunday hatti-harakatlar kasb etikasiga toʻgʻri kelmasligini tushuntirdilar.
Shu oʻrinda B.Toshevning ushbu harakati bois egallab turgan lavozimidan ozod etilishini maʼlum qilamiz.