Milliy kadrlar zaxirasidan 114 nafari rahbarlik lavozimlariga tayinlangan

    Davlat fuqarolik xizmatida rahbarlik lavozimlarini munosib kadrlar bilan toʻldirish uchun Milliy kadrlar zaxirasi qanday shakllantirilmoqda?

    u savolga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova javob berdi:

    – Milliy kadrlar zaxirasiga vazirlik va idoralarda, viloyat, tuman, shahar hokimliklari hamda xususiy sektorda samarali faoliyat yuritayotgan shaxslar, hududdagi tashkilot va korxonalar rahbarlari, xorijiy davlatlarda faoliyat koʻrsatayotgan iqtidorli shaxslar nomzod sifatida tanlab olinmoqda.

    Nomzodlar orasidan eng munosiblarini tanlab olish rahbarlik koʻnikmasi, sohaga oid bilimi, maʼnaviyati hamda psixologik holatini aniqlaydigan maxsus imtihon va baholash natijalariga koʻra amalga oshiriladi va zaxiraga kiritiladi.

    Buyuk Britaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Janubiy Koreya kabi davlatlarning tajribasidan kelib chiqqan holda agentlik tomonidan elektron tizim – zaxira.argos.uz platformasi yaratildi.

    Mazkur elektron tizim orqali Milliy kadrlar zaxirasi yuritiladi va boshqariladi. Zaxiraga olingan shaxs haqida toʻliq maʼlumotlar, uning portfoliosidan tortib, baholash natijalarigacha ushbu tizimdan oʻrin olgan.

    Bugungi kunga kelib zaxiradan turli darajadagi rahbarlik lavozimlariga tayinlangan nomzodlar soni 114 nafarga yetdi. Shundan 3 nafari vazir oʻrinbosari, 14 nafari viloyat hokimi oʻrinbosari, 47 nafari tuman (shahar) hokimi, 50 nafari boshqa masʼul lavozimlarga tayinlandi.