Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi xabar berdi.
Olib borilgan oʻrganish ishlari davomida, 7 ta holatda davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslarini tashkil etgan
— Andijon davlat tibbiyot instituti
— Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti
— Namangan muhandislik-texnologiyalari instituti
— Sirdaryo viloyati Mirzaobod tuman hokimligi
— Xorazm viloyati Hazorasp tumani hokimligi
— Fargʻona viloyati Dangʻara tuman sport maktablariga nisbatan
“Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonun, PF-6019-son Farmon hamda Vazirlar Mahkamasining 346-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari yuzasidan yuqoridagi subyektlarga nisbatan ish qoʻzgʻatilib, natijasi boʻyicha tegishli choralar koʻrish yuzasidan belgilangan tartibda koʻrsatmalar berildi.
Jumladan, 4 ta davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish boʻyicha qabul qilingan qarorni bozorda raqobat muhitiga taʼsir koʻrsatmaganligi sababli oʻz kuchida qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinib, kelgusida qonunbuzilish holatiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida koʻrsatma berildi hamda rozilik olinmasdan tashkil etilgan 3 ta davlat ishtirokidagi korxonani qonunchilikda belgilangan tartibda tugatish boʻyicha choralar koʻrildi.