Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi xabar berdi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Birja savdolarida yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq, Qoʻmitaning Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarning belgilangan grafiklar asosida birja savdolariga qoʻyib borilishi yuzasidan doimiy ravishda oʻrganish va tahlil ishlari oʻtkazilib kelinmoqda.
Olib borilgan oʻrganish natijalariga koʻra, “WHITE GOLD KLASTER” MCHJ tomonidan 2023-yil hosildan olingan 90 mlrd soʻmdan ortiq 5 153,35 tonna paxta tolasini hamda 3 mlrd soʻmdan ortiq 1 114,24 tonna texnik chigitini mahsulotlarni birja savdolariga qoʻymasdan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar orqali sotilganlik holatlari aniqlandi.
Yuqoridagi aniqlangan holatlarga muvofiq, Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasining Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 29-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari bilan klaster korxonaga (“WHITE GOLD KLASTER”MCHJ) nisbatan ish qoʻzgʻatilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda tegishli taʼsir chorasi qoʻllanildi.
Shu bilan birgalikda, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma berildi.