Unga koʻra:
Davlat mulkini belgilangan tartibda ijara shartnomasini tuzmasdan ijaraga berish, ijaraga olingan davlat mulkini qabul qilib olishda, ijara munosabatlarining obyekti hududiga kirishda va undan foydalanishda ijaraga oluvchiga asossiz ravishda toʻsqinlik qilish yoki ijaraga berilayotgan davlat mulkining parametrlari va sonini ijara shartnomasida notoʻgʻri koʻrsatgan holda davlat mulkini ijaraga berish:
– mansabdor shaxslarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 700 ming soʻmdan 3 mln 400 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi;
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa:
– mansabdor shaxslarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln 400 ming soʻmdan 5 mln 100 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi belgilandi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.