Xabaringiz bor, “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktyabrdagi qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorning mazmun-mohiyatini davlat xizmatchilari o'rtasida keng targ'ib qilish maqsadida o'tkazilgan seminar-treningda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyat hokimligi, adliya boshqarmasi mas'ullari, davlat organlari va tashkilotlari xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda jismoniy va yuridik shaxslar bilan ishlashda odob-axloq qoidalariga rioya qilish va uning ahamiyati, manfaatlar to'qnashuvi va korruptsiya holatlarini oldini olish to'g'risida to'xtalib o'tildi.