Aniqlanishicha, ikki tomonlama shartnomaga asosan AITB “Ipak yoʻli” Namangan filiali hamda masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi korxonaga 2020-yil 7-oktyabr kuni 500.000.000 soʻm kredit mablagʻi ajratiladi. Jamiyatga olingan kredit mablagʻlarini toʻlov jadvaliga asosan oʻz vaqtida qaytarish majburiyati yuklatiladi.

Biroq jamiyat mutasaddilari buni unutishadi goʻyo, mablagʻ oʻz vaqtida qaytarilmaydi. Bank tomonidan sudga daʼvo kiritildi hamda jamiyatdan muddati oʻtgan kredit va foiz boʻyicha jami 537 mln. soʻm mablagʻni undirish koʻrsatib oʻtilgan.

Byuroning Davlatobod tuman boʻlimi ish yurituviga olingan hujjat ijrosi boʻyicha qarzdorlikni bartaraf etish uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat beriladi. Ammo ixtiyoriy muddatda qarzdorlik qoplanmaganligi sababli majburiy ijro harakatlari bilan undirib berilishi taʼminlandi.

Ixtiyor IBROHIMOV, 
MIB Davlatobod tuman boʻlimi davlat ijrochisi.