“Agar mendan eng foydali sabzavot nima deb so'rashsa, javob – karam! dedi u.

Mutaxassisning so'zlariga ko'ra, karam askorbin kislotasi, folat, oziq-ovqat tolasi va oltingugurt birikmalari, masalan, indol-3-karbinolga boy. “Agar karam tuzlangan bo'lsa, u holda probiyotik bakteriyalariga ham!”, deb ta'kidladi Ginzburg.

Yuqorida aytilganlarning barchasi tufayli bu sabzavot yallig'lanish va turli shishlarga qarshi kurashish xususiyatlariga ega, barcha yoshga bog'liq kasalliklarni, shu jumladan, qandli diabet va aterosklerozni oldini olishda samara beradi.

Diyetologning aytishicha, karamni muntazam iste'mol qilish yo'g'on ichak va to'g'ri ichak saratoni kelib chiqish ehtimolini sezilarli darajada kamaytiradi.

Ginsburg karamning past kaloriyali mahsulot ekanligini qo'shimcha qildi: 100 grammda faqat 10-15 kaloriya bor.

“Demak, bu xushbichim, yosh va sog'lom bo'lishni istagan har bir kishining kundalik ratsioni uchun ideal mahsulot”, deya qayd etdi u.