Uning so'zlariga ko'ra, ozishni istagan odamlar tarkibida ko'p miqdorda oqsil mavjud bo'lgan mahsulotlarni o'z ratsionlariga kiritishlari kerak. Xususan, bu borada tuxumni esdan chiqarmaslik lozim. Chunki tuxum yuqori sifatli oqsilga boy bo'lib, tarkibida foydali mikroelementlar mavjud.
Mutaxassis ratsionga dukkakli o'simliklar – loviya, no'xat, yasmiq va nutni kiritishni maslahat berdi. Ular yuqori darajadagi oqsil, kletchatka, foydali uglevodlar manbaidir. Dukkakli mahsulotlar go'sht iste'mol qilmaydiganlar ratsionida albatta bo'lishi kerak.
Foydali oqsil dengiz mahsulotlari tarkibida mavjud. Bundan tashqari, yog'li baliqlar tarkibida organizm uchun zarur bo'lgan omega-3 yog' kislotalari bor.
Yong'oqlar va smetana kletchatka, minerallar va foydali yog'lar manbai bo'lib, ozishga yordam beradi va qorinni to'q tutadi. Biroq ularni me'yorda iste'mol qilish kerak. Chunki ularni ko'p miqdorda iste'mol qilish teskari ta'sir ko'rsatib, vazn oshishiga olib kelishi mumkin, deb ta'kidladi Yang.
Uning aytishicha, soyali mahsulotlar ham o'simlik oqsiliga boy. U ishtahani kamaytirib, ortiqcha vazndan xalos bo'lish imkonini beradi, deyiladi mir24.tv saytida.









