Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi va muftiy Usmonxon Alimov Qirgʻizistonga tashrif buyurdi

    Voqea-hodisalar 25 Iyun 2020 1714

    Bugun, 25-iyun kuni Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Abdugʻofur Ahmedov va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasining Qirgʻiziston davlatiga safari boshlandi.

    Qirgʻiziston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Maqsadbek Toktamushev boshchiligidagi bir guruh mutasaddilar Oʻzbekiston delegatsiyasini kutib oldilar.

    Hozirgi kunda mamlakatlarimiz rahbarlarining saʼy-harakatlari bilan hamkorlik aloqalari keyingi yillarda keng quloch yoymoqda. Ayniqsa, mintaqa mamlakatlari diniy idoralari oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari yangi bosqichga koʻtarilganini alohida qayd etish kerak. Oʻtgan Ramazon oyi va hayit bayramlari kunini belgilash va namoz vaqtlarini aniqlashda olib borilgan ulamolar hamkorligi soʻzimizga yaqqol misol boʻla oladi.

    Bugun boʻlib oʻtayotgan muloqotlar mamlakatlar oʻrtasidagi keng qamrovli hamkorlik munosabatlarining uzviy davomi sifatida maydonga keldi. Muloqotlarda qardosh xalqlar oʻrtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish, hozirgi kundagi turli tahdidlarga qarshi birgalikda kurashish, moʻmin-musulmonlar birdamligini taʼminlash kabi masalalarga alohida urgʻu qaratildi.

    Din ishlari boʻyicha qoʻmita

    Matbuot xizmati