Doniyor Ahmedov delegatsiyamiz hisobiga 13-oltinni qo‘shib qo‘ydi

    Sport 25 Oktabr 2023 808

    Xanchjou shahrida oʻtayotgan Paraosiyo oʻyinlarining navbatdagi kuni ham delegatsiyamiz uchun oltin medal bilan boshlandi.

    Para yengil atletika boʻyicha T13 klassida erkaklar oʻrtasida uzunlikka sakrash bahslari oʻtkazildi. Unda hamyurtimiz Doniyor Ahmedov 6.88 metr natija bilan shohsupaning eng yuqori pogʻonasidan joy oldi.

    Para dzyudoning J1 klassida kurashayotgan ayollar bahsida hamyurtimiz Feruza Ergasheva kumush medalni qoʻlga kiritdi.

    Para dzyudo bo'yicha ayollar o'rtasida J2 klassida -70 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan hamyurtimiz Munisa Madrimova delegatsiyamiz hisobiga kumush medalni qo'shib qo'ydi.

    Para pauerlifting bo'yicha erkaklar o'rtasida -72 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Bekzod Jamilov 204 kg natija bilan bronza medalga sazovor bo'ldi.