Ushbu doʻkonni tashkil etish kelishuviga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Hunarmandchilikni rivojlantirish toʻgʻrisidagi qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 22-sentyabr - 5-oktyabr kunlari Doha shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston madaniyati kunlari doirasida erishildi.
Ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulugʻbek Abdullayev, “Craft and Art” MCHJ rahbari Baxtiyor Allakov, “PRECISE GROUP” kompaniyalar guruhi prezidenti Lothar Hofman, mamlakatimizning Dubay shahridagi diplomatik vakolatxonasining bir qator vakillari hamda turli ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.
Savdo doʻkoni uchun kashtachilik, kulolchilik, misgarlik, yogʻoch oʻymakorligi, gilamchilik, milliy matolar, miniatyura kabi 20 dan ortiq hunarmandchilik yoʻnalishlarida 38 ming AQSH dollarlik hunarmandlik mahsulotlari namunalari yuborildi hamda 60 ming AQSH dollarlik mahsulotlarga buyurtma olindi.
Tadbir doirasida “Craft and Art” MCHJ tomonidan Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan hunarmandlik mahsulotlari kataloglari hamda hunarmandlik mahsulotlari koʻrgazmasi namoyish etildi.