Bu COVID-19 bilan qayta kasallanish oqibatida yuzaga kelgan dunyodagi birinchi o'limdir.

Keksa ayol kasalxonaga shu yil avvalroq baland harorat va qattiq yo'tal bilan yotqizilgan. U koronavirusga topshirgan test ijobiy bo'lib chiqqan. Ayol kasalxonada besh kun yotgan, shundan so'ng holsizlikdan tashqari barcha simptomlar yo'qolgan.

Qariyb ikki oydan keyin niderlandiyalik ayolda yana harorat ko'tarilgan, u yo'tal va nafas qisishidan shikoyat qilgan. Sog'lig'i yomonlashishidan ikki kun oldin ayol yangi kimyo terapiyasi kursini boshlagan. U yana kasalxonaga yotqizilgan.

Bemorning COVID-19’ga topshirgan testi yana ijobiy chiqqan. Sakkizinchi kunga kelib ayolning ahvoli yomonlashgan, ikki haftadan so'ng u vafot etgan.