Qizig'i shundaki, bu ro'yxatda mutlaq yetakchi sifatida Shveytsariya va Avstriya oralig'ida joylashgan kichkina Lixtenshteyn qayd etilgan. U erda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot 231 ming 713 dollarni tashkil etadi, deya ko'ratiladi mazkur xabarda.
Ekspertlarning ta'kidlashicha, bunday yuqori ko'rsatkich mamlakat iqtisodiyotidagi o'ziga xos tuzilmasi bilan izohlanadi. Bu yerda ishchi kuchining 60 foizini har kuni ishlash uchun kelayotgan xorijliklar tashkil qiladi. Ular aholi statistikasida hisobga olinmaganligi sababli aholi jon boshiga o'rtacha daromadi ayniqsa ta'sirli ko'rinadi.
Ikkinchi o'rinda Lyuksemburg ko'rsatilgan bo'lib, yuqoridagiga o'xshash model bilan izohlangan. Ya'ni, xorijliklar bandligi yuqori va moliyaviy sektor ustun bo'lgan ixcham iqtisod, deb xabar berdi vokrugsveta.ru.
Irlandiya – Yevropaning texnologik fenomeni
Aholi jon boshiga to'g'ri keladigan yalpi ichki mahsulot 129 ming 132 dollarni tashkil etadigan Irlandiya bu borada uchinchi o'rinda deb ko'rsatilgan. Aynan shu yerda Google, Meta, Apple va Microsoftning Yevropa shtab-kvartiralari joylashgan va bunda yumshoq soliq siyosati yuritaldi hamda va malakali kadrlar jalb qilingan. So'nggi o'n yillikda Irlandiya jahon IT-industriyasi markazlaridan biriga aylangani va bu kichik bir mamlakat “bilimlar iqtisodiyoti”ni qurishi mumkinligiga misol bo'la oladi.
Moliyaviy gigantlar va barqarorlik oroli
Bu ro'yxatdagi etakchi o'ntalikdan shuningdek, Shveytsariya, Islandiya va Singapur ham joy olgan. Xalqaro valyuta fondi ekspertlarining qayd etishicha, bu davlatlar aholisi daromadi haqiqatan yuqori, ko'rsatkichlar soliq “tirqishlari” yoki xorijlik ishchilar ko'pligi bilan bevosita bog'lq emas.
Bu borada ayniqsa Singapur ajralib turadi: 1980-yildan bu shahar-davlat aholisi jon boshiga daromadi 19 marta oshgan. Asosiy sababi shundaki, mamlakat dunyoning moliya, logistika va yuqori texnologiya bo'yicha markaziga aylangan. Singapur bugungi kunda London va Nyu-York bilan biznes-aktiv hamda turmush darajasi borasida raqobatlasha oladi.
Bu borada dunyo mamlakatlari tafovvuti
Xalqaro valyuta fondining ta'kidlashicha, ko'pgina yetakchi mamlakatlar – rivojlangan ijtimoiy tizimga, ta'lim va innovatsiyaga investitsiya kiritishda yuqori ulushga, shuningdek, barqaror siyosiy muhitga ega uncha katta bo'lmagan davlatlardan iborat.
Qiyoslash uchun: dunyo bo'yicha aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot 2025-yilda 15 ming dollar deb baholangan. Iqtisodchilar mamlakatlar o'rtasida bu boradagi katta farqlar faqat iqtisodiyot ko'laminigina emas, uni boshqarish samaradorligi, texnologiya va ijtimoiy siyosat darajasini ham aks ettiradi, deb hisoblaydi.






