O‘zRVB Cbonds-Congress konferesiyasida ishtirok etdi

    Biznes 11 Sentabr 2023 1594

    Bosh direktor R. Usmonov boshchiligidagi O‘zbekiston respublika valyuta birjasi vakillari moliya bozorlari bo‘yicha biznes-konferensiyalarni o‘tkazuvchi Cbonds-Congress kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekiston Respublikasi kapital bozori" V-xalqaro konferensiyasida  ishtirok etdi.

    O‘zbekiston kapital bozorini rivojlantirish istiqbollari, uning ishtirokchilari faoliyatiga bag‘ishlangan tadbirda regulyatorlar, mahalliy banklar, investitsiya kompaniyalari, ishlab chiqarish korxonalari, shuningdek, xalqaro moliya institutlari, reyting agentliklari va infratuzilma kompaniyalarining 200 dan ortiq vakillari qatnashdi.

    O‘zRVB rahbari R. Usmonov “O‘zbekiston moliya bozori: rivojlanish strategiyasi va tartibga solish” mazusidagi plenar sessiyada ishtirok etib, O‘zbekistonda birja sohasini rivojlantirish muhimligini ta’kidladi va investorlarni jalb qilish va likvidlikni oshirishga qaratilgan strategiyalarni taqdim etdi.

    O‘z nutqi davomida O‘zRVB rahbari tashkilotning asosiy yutuqlari, xususan, birja infratuzilmasini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va tartibga solish muhitini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar xaqida so‘zladi. Ushbu qadamlar investorlarning ishonchini oshirishga va mamlakat moliya bozorlaridagi faollikni rag‘batlantirishga ko‘maklashadi.

    Ushbu konferensiya kabi tematik tadbirlar moliya bozoridagi so‘nggi tendensiyalarni muhokama qilish, soha mutaxassislari bilan tajriba almashish imkonini beradi. Konferensiya doirasida O‘zRVB vakillari qator xorijiy moliya institutlari va investitsiya kompaniyalari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, birja infratuzilmasini yanada rivojlantirish, shuningdek, O‘zRVB bozorlariga xorijiy investorlarni jalb qilish yuzasidan fikr almashdi.

    O‘zRVB Bosh direktori va birja vakillarining CBonds konferensiyasida ishtirok etishi O‘zbekistonning butun birja bozorini rivojlantirish va uning jahon moliyaviy maydonidagi mavqeini mustahkamlashda muhim qadamdir.

    cbonds1.jpg

    cbonds3.jpg

    cbonds4.jpg

    cbonds5.jpg

    cbonds6.jpg