Dunyodagi eng katta aysberg yana harakatlana boshladi

    A23a deb nomlangan dunyodagi eng katta va eng qadimiy aysberg Antarktidaning Janubiy okeani orqali iliqroq suv tomon harakatlana boshladi.

    Bu haqda Britaniya Antarktika xizmati xabar berdi. Kelajakda u ko'plab kichikroq muz bloklariga bo'linishi kutilmoqda.

    “A23ani to'xtab qolganidan so'ng yana harakatlanayotganini ko'rish juda hayajonli. Biz u Antarktidadan ajralib chiqqan boshqa yirik aysberglar kabi yo'ldan boradimi yoki yo'qmi, degan masala biz uchun qiziq. Va eng muhimi, bu mahalliy ekotizimga qanday ta'sir qiladi”, dedi Britaniya Antarktika xizmati okeanografi Endryu Meyers. Uning so'zlaridan Iflscience ilmiy portali iqtibos keltirdi.

    Aysberg oqim bilan qutb atrofida harakatlanadi va bir muncha vaqt o'tgach, Janubiy Jorjiya oroli yaqinida kelib qoladi. Bu yerdagi suv Antarktidaga qaraganda iliqroq, shuning uchun muz megatog'i asta-sekin qulashni boshlaydi. Bunday muz massasining nisbatan tez erishi bilan bu jarayon o'nlab yillar davom etishi mumkin.

    A23a aysbergining og'irligi deyarli bir trillion tonna va o'lchami 3900 kvadrat kilometrmetrni tashkil qiladi. (Kamida ikkita London hududiga teng). Qalinligi 400 metrni tashkil qiladigan megatog' 1986-yilda Antarktidadagi Filxner – Ronne muz shelfidan ajralib chiqqan. Keyinchalik aysberg 2020-yilgacha Ueddell dengizi tubida harakatsiz turdi, shundan so'ng u sekin harakatlana boshladi. 2024-yil boshida olimlar uning faol aylanishini aniqlashdi: aysberg har kuni 15° ga aylangan, ya'ni 24 kun ichida to'liq aylangan, deb xabar beradi dzen.ru.