U qurilmani bir necha ming yil davomida quvvatlantirishga qodir.
Qurilma yorug'likni elektr energiyasiga aylantiradigan quyosh panellari kabi ishlaydi. Ammo yorug'lik zarralari (fotonlar) o'rniga olmos tuzilmasidagi tez harakatlanuvchi elektronlardan foydalanadi.
Yangi texnologiya radioaktiv izotopning sun'iy olmosga xavfsiz tarzda “qadoqlanishi”ni ko'rsatadi. Bu mikrovattlarda doimiy quvvat olish imkonini beradi.
Olmosli batareyalar biomoslashuvchan. Ular eshitish apparatlari va kardiostimulyator kabi tibbiy asboblarda qo'llanilishi mumkin. Ular, shuningdek, ekstremal sharoitlarda, masalan, an'anaviy batareyalarni almashtirish juda qiyin bo'lgan koinotda qo'llanilishi rejalashtirilgan. Bristol universiteti veb-saytiga ko'ra, mazkur batareya xarajatlarni kamaytirish va jihozlarning ishlash muddatini uzaytirish imkonini beradi, deb xabar beradi mir24.tv.