Dushanbeni chang qopladi. Odatda poytaxtning istalgan joyidan ko'rinib turadigan tog' ko'rinmay qoldi. Shamol kuchaydi, iliq va sovuq oqimlar to'qnashdi – bu atmosfera havosining sifati keskin yomonlashishiga sabab bo'ldi.
Bunday ob-havo yurak-qon tomir va o'pka kasalliklari, diabet va gipertoniya, allergiya, astma kasalligi mavjud bo'lgan hamda yangi tug'ilgan chaqaloqlar ahvoliga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Sinoptiklarning ta'kidlashicha, mamlakatda chang bo'ronlari tez-tez uchraydi. Ilgari ular yozda sodir bo'lgan bo'lsa, endi bahorda bir necha marta yuzaga kelmoqda. Yog'ingarchilik kamaygan – hatto eng yomg'irli aprel va may oylarida ham yomg'ir yetarlicha yog'madi. Dushanbe havo havzasida zarrachalarning bir kecha-kunduzdagi o'rtacha konsentratsiyasi 10 mikrongacha ortishi kuzatildi, deb xabar beradi mir24.tv.