“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendianti AQSHda nufuzli hisoblangan stajirovkani qo‘lga kiritdi

    “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendianti, AQSHning Arizona Universiteti (The University of Arizona) Iqtisodiyot va xalqaro biznes yo‘nalishi 2 bosqich talabasi Setora Latipova o‘qishdan bo‘sh paytlari Management Information Systems yo‘nalishida professor assistenti lavozimida ishlamoqda va juda yaxshi tajribalarga ega bo‘lib borayotir.

    Ish faoliyati mobaynida Setora Latipovaga professorlar tomonidan ko‘plab grantlar taklif etildi va natijada ikkita muvaffaqiyatli imkoniyatni qo‘lga kiritdi.

    Bulardan biri dunyoning birinchi raqamli sport mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi brend hisoblangan "Nike" kompaniyasining Jahon miqyosida boshqariladigan shtab-kvartirasida externship (ish faoliyatini yaqindan o‘rganish) vazifasi hisoblanadi.

    Ushbu imkoniyat juda ham raqobatli bo‘lib, orasidan atigi to‘rttagina talaba ikki bosqichga saralanib olingan.

    Birinchi bosqichda hujjatlar va insho talab etilgan. Bir necha minglab nomzodlar orasidan bor yo‘g‘i 4 nafari ikkinchi bosqichga tavsiya etilib, bu bosqichda "Nike" kompaniyasi vakillari bilan onlayn intervyu bo‘lib o‘tdi. Saralab olingan 4 nafar nomzodning orasidan faqatgina hamyurtimiz muvaffaqiyatli o‘tib, "Nike" kompaniyasining Oregon shtatida joylashgan shtab-kvartirasida externship jarayonini bajarishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu jarayon uchun sarf etiladigan xarajatlar kollej tomonidan to‘liq moliyalashtirildi.

    "Navbatdagi qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatimga ham birinchi bosqichni o‘qib yurgan paytimda erishganman. Imtihonlardan o‘tgan 11 nafar talabalar orasida professor va kollejimizning vakillari bilan birga Spring Break (bahorgi 1 haftalik ta’til) mobaynida Texas shtatining Dallas shahrida joylashgan turli xil ixtisosliklarga asoslangan top kompaniyalarda stajirovka o‘tadim.

    Ushbu stajirovkaning katta qismi (aviabiletdan tashqari) kollejim tomonidan moliyalashtirildi. 1 hafta mobaynida “Big 4”, PvS, Ernst and Young, Golman Sachs, Toyota, AT&T, Texas Instruments, Amerisan Airlines, Srumbl sookiyes, Navigator SO2, Mersedez-Benz, Plano Esonomis Development kabi yirik kompaniyalarga borib, o‘ziga xos boshqaruv metodlari, so‘ngi texnologik yutuqlari, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishishga sazovor bo‘ldim. Bularning bari kelajakda Vatanimga qaytib yangi innovasiyalar qilishim uchun ko‘plab g‘oyalar berdi" - deydi Setora Latipova.

    Ma’lumot uchun: Arizona universitetining Eller Sollege of Management biznes maktabi soha bo‘yicha Amerika Qo‘shma Shtatlarida “TOP 10” talikka kiradi.