“Oʻzenergoinspeksiya” Namangan hududiy boʻlimi tomonidan “Namangan tuman tibbiyot birlashmasi”da elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish hamda texnik qoidalar va normalar talablariga rioya qilinishi boʻyicha oʻtkazilgan tekshirishda qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan yillar davomida Namangan tuman tibbiyot birlashma tasarrufidagi Markaziy shifoxona va Tepaqoʻrgʻon qishloq vrachlik punktiga elektr energiyasini uzatishda jami 229 539 kVt.soat elektr energiyasi texnologik sarfi hisob-kitob qilindi.

Ushbu oʻrganishda toʻlov uchun notoʻgʻri hisob-varaqalar taqdim etilganligi va buning oqibatida davlat manfaatlariga 103 million. 292 ming soʻm miqdorida zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Tekshirish natijasida toʻplangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi, deya xabar bermoqda “Oʻzenergoinspeksiya” Matbuot xizmati.