Bosh prokuratura tomonidan energiya resurslarini talon-toroj qilinishini oldini olishda jamoatchilik nazoratini yoʻlga qoʻyish maqsadida maxsus telegram-bot (@EnergonazoratBot) dasturi ishlab chiqildi.

Bosh prokuratura xabariga koʻra, fuqarolar oʻzlari yashayotgan hududda energetika sohasidagi qonunbuzarliklar haqida bot orqali xabar yoʻllashlari mumkin.

Fuqarolar energetika sohasidagi har qanday qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish, noqonuniy foydalanilayotganini oʻz vaqtida aniqlashda faol hamkorlikka chaqirilgan.

Maxsus Telegram botga kelib tushgan har qanday maʼlumot prokuratura organlarida tashkil qilingan Ishchi guruhga avtomatik tarzda kelib tushadi. Ishchi guruh tomonidan har bir qonunbuzilish holati haqidagi maʼlumot sinchiklab oʻrganib chiqilib, natijasi boʻyicha qonuniy choralar koʻriladi.