Milliy olimpiya qoʻmitasi xabariga koʻra, mazkur musobaqada oʻz omadini sinab koʻrgan hamyurtimiz Darya Reznichenko uzunlikka sakrash dasturida oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Tokio-2020 ishtirokchisi 6 urinishdan barchasini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Beshinchi imkoniyatda qayd etgan 6.16 metr natija uni musobaqa gʻolibiga aylantirdi. Qayd etish joiz, bu Reznichenko uchun joriy mavsumdagi eng yaxshi koʻrsatkich boʻldi. Turnirda u bilan bellashgan hech bir raqibalari 6 metrdan uzoqqa sakray olishmadi.

Yengil atletika boʻyicha xalqaro xotira turniri, Chexiya
Uzunlikka sakrash, ayollar:

1. Darya Reznichenko (Oʻzbekiston) – 6.16 metr
2. Mixayela Kucherova (Chexiya) – 5.91
3. Natalya-Viktoriya Xamula (Ukraina) – 5.79