Yer resurslaridan oqilona foydalanganmaganlarga nisbatan 54 million soʼmdan ortiq jarima belgilandi

    Yerdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun 11 nafar jismoniy shaxsga nisbatan tegishli jarima choralari tayinlandi va 20 nafar fermer xoʼjaliklari rahbarlari ogohlantirildi.

    Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi tomonidan qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan yer resurslaridan samarali foydalanish yuzasidan nazorat tadbirlari oʼtkazilmoqda.

    Shu maqsadda inspektsiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan 2020 yilning yanvarь-oktyabrь oylari davomida oʼtkazilgan 648 ta nazorat tadbirlari davomida 537 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 119 ta maʼmuriy qaror asosida 54 million 969 ming soʼmlik jarima belgilandi.

    Xususan, joriy yilning oʼtgan davri mobaynida inspektsiyaning Narpay tuman boʼlimi tomonidan qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanish yuzasidan 34 marotaba nazorat tadbirlari oʼtkazildi.

    Monitoring-tahlil tadbirlari davomida yerdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun 11 nafar jismoniy shaxsga nisbatan tegishli jarima choralari tayinlandi va 20 nafar fermer xoʼjaliklari rahbari ogohlantirildi.

    – Jumladan, tumandagi “Аykon savdo” masʼuliyati cheklangan jamiyat tomonidan oʼziga biriktirilgan yer maydonidan samarasiz foydalanib kelinayotgani hamda “Yasavul tepa” fermer xoʼjaligi tomonidan qishloq xoʼjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun ajratilgan yer maydonidan boshqa maqsadlarda foydalanish holati yuzasidan mazkur fermer xoʼjaliklari rahbarlariga nisbatan maʼmuriy chora koʼrildi, – deydi inspektsiyaning Narpay tuman boʼlimi qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan suv resurslari va yerlardan foydalanishni nazorat qilish shuʼbasi katta inspektori Аkbarali Qaxxorov.

    “Oʼzagroinspektsiya”ning

    Samarqand viloyat boshqarmasi

    Аxborot xizmati