Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvarda qabul qilingan “Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-106 sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur Qaror mazmun mohiyatiga koʻra, 2022-yildan boshlab, Respublikada birinchi marta sabzavot, poliz, dukkakli, moyli va boshqa ekinlarning urugʻchiligini tashkil etish uchun 13 ming 395 gektar yer maydonlari ajratildi.
Joriy yildan boshlab, 3 ming 278 gektar sabzavot, 1,0 ming gektar poliz, 1 ming 330 gektar moyli, 2 ming 65 gektar kartoshka, 2 ming 376 gektar dukkakli ekinlar va 2 ming 442 gektar ozuqa ekinlarining sara urugʻligini yetishtirish tashkil qilinadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda ushbu maydonlarda urugʻchilik yetishtiruvchi xoʻjalik subyektlari oʻrtasida ixtisoslashtirish boʻyicha tanlovlar oʻtkazildi. Tanlovda urugʻlik yetishitirish uchun bugungi kun talabiga javob beradigan 4 ming 669 ta xoʻjalik subyektlari gʻolib deb topildi.
Shundan, 71 ta tumanlarning 288 nafar xoʻjalik subyektlarini 3 ming 385 gektar yer maydonlari sabzavotchilikka, 50 ta tumanlarning 117 nafar xoʻjalik subyeklarini 978 gektar yer maydonlarida polizchilikka, 55 ta tumanlarning 339 nafar xoʻjalik subyektlarini 1 ming 349 gektar yer maydonlari moyli ekinlar, 63 ta tumanlarning 162 nafar xoʻjalik subyektlarining 2 ming 365 gektar yer maydonlari dukkakli ekinlar va 61 tumanlarning 345 nafar xoʻjalik subyektlarining 2 ming 370 gektari yer maydonlarida ozuqa ekinlarining urugʻchiligi yoʻlga qoʻyiladi.
Agroinspeksiyaning hududiy boshqarmalari va uning tuman boʻlimlarida faoliyat olib borayotgan Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlari yetishtirilishi va taʼminotini nazorat qilish sohasi inspektorlari, hududlarda tashkil etilgan Qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻchiligiga ixtisoslashtirilgan xoʻjalik subyektlari tomonidan joriy yil yakunida ekinboplik talablariga toʻliq javob beradigan urugʻlik jamgʻarishlari uchun, bugungi kunda dolzarb boʻlgan ekin turlarining urugʻliklarni ekilishi, urugʻlik uchun ekilgan maydonlarda agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida sifatli amalga oshirilishi va urugʻlik maydonlarida dala aprobatsiya koʻriklari oʻtkazilishida yaqindan amaliy yordam berish boʻyicha bir qator ishlar belgilab olingan, deb xabar beryapti “Oʻzagroinspeksiya” Axborot xizmati.