2022-yilning noyabr oyiga qadar “Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi”ga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha belgilangan tartibda oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida davomida 22 ming 708 ta holatda tartib buzilishi holatlari aniqlandi.
Shundan, eng koʻp 8 763 ta holatda suvdan foydalanish va suv isteʼmoli qoidalari buzilgan boʻlsa, qolgan tartibbuzarliklar suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi gidrotexnika ishlarini va boshqa turdagi ishlarni oʻzboshimchalik bilan bajarganlikni tashkil etmoqda.
Shuningdek, suv olish tartibini buzganlik , suv olishga ruxsat etilmagan joylardan, shuningdek, shartnoma tuzmasdan suv olish, suvni oʻzboshimchalik bilan egallab olish, suv isteʼmolchilari tomonidan limitdan ortiqcha suv olish holatlari aniqlandi va mazkur kamchiliklar inspeksiya tomonidan bartaraf etildi.
Agronspeksiya vakolati doirasida huquqbuzarlarga nisbatan 4 971 ta maʼmuriy va 3 478 ta moliyaviy jarima sanksiyalari qoʻllanildi. 2 ming 171 ta holatda toʻplangan hujjatlar koʻrib chiqishlik uchun sud va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlariga kiritildi.
Oʻz navbatida, tegishli korxona, muassasa, tashkilot rahbariga maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etish sabablari va ularga olib kelgan shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan choralar koʻrish toʻgʻrisida 14 ming 824 ta yozma koʻrsatma va 742 ta taqdimnomalar kiritilgan boʻlib, 16 ming 897 ta holat boʻyicha suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga rasman ogohlantirishlar berildi.
Shuningdek, 2022-yilning yozgi sugʻorish mavsumi uchun suv olish limitlari har bir foydalanuvchi va isteʼmolchiga taqsimlanib, yetkazilishi nazorat qilinishi natijasida 76 ming 637 ta suvdan foydalanish va suv isteʼmoli boʻyicha shartnomalar tuzilishiga erishildi